Iqtidorlarni aniqlash
Raqamli iste’dodlarni aniqlash va milliy reestr
Iqtidorlarni aniqlaymiz. Rivojlantiramiz. Real loyihalar bilan bog‘laymiz. O‘zbekistonning eng kuchli raqamli ijodkorlarini xalqaro maydonga olib chiqamiz.
Biz kimmiz?
“Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi — raqamli ijodkorlarni topish, rivojlantirish, ularni real loyihalar va xalqaro imkoniyatlar bilan bog‘lash uchun tashkil etilgan platforma.
Biz san’at, madaniyat va zamonaviy texnologiyalar kesishgan nuqtada yangi imkoniyatlar yaratamiz.
Raqamli san’at nima?Raqamli iste’dodlarni aniqlash va milliy reestr
Ta’lim, mentorlik va amaliy loyihalar orqali o‘z yo‘lingizni boshlang.
Ijodiy buyurtmalar va frilans platformasi
Xalqaro tanlovlarga chiqish dasturi









Faoliyatimiz 5 ta yirik dasturga birlashtirilgan. Har bir dastur iste’dodni topish, ijodkorni rivojlantirish, milliy kontent yaratish, xalqaro imkoniyatlarga chiqish yoki madaniyat tizimini zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish kabi aniq vazifani bajaradi.
Ijodkorni topish, rivojlantirish, professional muhit va real buyurtmalar bilan bog‘lash.
Ijodkorlarni xalqaro maydonga olib chiqish va xalqaro imkoniyatlarni O‘zbekistonga olib kelish.
Milliy madaniyatni raqamli shaklda saqlash, yangi kontent yaratish va zamonaviy formatlarda namoyish etish.
Madaniyat tashkilotlaridagi muammolarni o‘rganish va zamonaviy yechimlarni amalda sinash.
Raqamli ijod uchun foydali mahalliy platformalar va texnologik vositalarni ishlab chiqish.
O‘zbekiston ijodkorlari xalqaro festival, tanlov, rezidensiya va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishi uchun zarur tayyorgarlik va tashkiliy ko‘makni yo‘lga qo‘yamiz.
Madaniyat tashkilotlaridagi muammo va o‘sish nuqtalarini o‘rganamiz, raqamli yechimlarni sinovdan o‘tkazamiz va natija beradigan modelni taklif qilamiz.
Loyihalar, tanlovlar, xalqaro ishtirok, master-klasslar, yangi hamkorliklar va birlashma faoliyatidagi muhim voqealar.
O‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’lim va tajriba almashinuvi bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
Batafsil“Raqamli San’at” ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiyev Buyuk Britaniyaning yetakchi ilmiy markazlarida muhim kelishuvlarga erishdi.
BatafsilAbduraufbek Nabievning “AMIR TEMUR” ijodiy loyihasi — AI Film Awards Venice 2026 xalqaro tanlovida 1-o‘rinni egalladi.
BatafsilBiz davlat tashkilotlari, madaniyat muassasalari, ta’lim tizimi, texnologik kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilamiz.
Raqamli ijodkor, tashkilot yoki xalqaro hamkor bo‘lsangiz — birga yangi imkoniyatlar yaratamiz.